Buxoro davlat universiteti huzuridagi PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to'g'risida ma'lumot

Buxoro davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09 raqamli  Ilmiy kengash haqida ma'lumot

     Buxoro davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09 raqamli  Ilmiy kengashning a'zolari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020-yil 31-dekabrdagi 445-sonli qaroriga ko‘ra 21 kishidan, mazkur Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar tarkibi esa 21 kishidan iborat etib tasdiqlangan.

     Buxoro davlat universiteti huzuridagi filologiya fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09 raqamli Ilmiy kengash asosida 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili)  ixtisosligi bo‘yicha bir martalik kengash tuzishga ruxsat berilgan. 

        Ilmiy kengashga 10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti, 10.00.08 –Folklorshunoslik ixtisosligida filologiya fanlari bo‘yicha va 13.00.02 – Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) ixtisosligida pedagogika fanlari bo‘yicha (PhD) dissertatsiyalarini himoyaga qabul qilib olish va o‘tkazishga ruxsat berilgan.